• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Avg 29, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🔴Kitob tumanidagi e-auksion.uz sayti bilan bog‘liq holat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o’rganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:

✔️murojaatda ko’rsatilgan hamda 2022-yilning 25-iyulida ko’chma savdo joyi sifatida onlayn auksion savdolari bo’lib o’tgan joy aslida Kitob tumani hokimining 2020-yil 3-dekabrdagi X-2564 /12-sonli qaroriga asosan axborot-kutubxona xizmati tashkil qilish maqsadida fuqaro A.N.ga ajratilgan;

➡️lekin shunday bo’lsa-da, mazkur yer maydoni ba’zi mutasaddilarning xatosi tufayli e-auksion.uz saytida savdoga chiqarib yuborilgan. Bu bo’yicha tegishli tashkilotlar (tumandagi DSI, kadastr palatasi, FVb, qurilish bo`limi, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limlari) tomonidan Respublika “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK nomiga yuqoridagi lotni auksion savdolaridan qaytarish yuzasidan yozma so’rov yuborilgan;

❗️ayni kunda Kitob tumanidagi “Xalqlar do`stligi” MFY hududida joylashgan mazkur yer maydonida qurilish ishlari olib borilmoqda. Jarayontuman qurilish bo’limi tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda. Tez orada bu yerda zamonaviy ko’rinishga ega, 1 qavatli mo’jaz kutubxona markazi qad rostlashi kutilmoqda.

👉🏻Ma’lumot o’rnida, qurilayotgan obyektlarning umumiy maydoni hajmi 300 kub metrdan oshgan holdagina mazkur inshoot uchun Davlat arxitektura-qurilish nazorati tomonidan nazorat o’rnatiladi.