• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

Sen 6, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🏗Bogʻot tumani qurilish bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

📎Bogʻot shaharchasi “Oq tepa” mahallasi Oʻzbekiston koʻchasidagi yer maydoniga Kadastr agentligi, Xorazm viloyat boshqarmasi, Bogʻot tuman boʻlimi tomonidan 2022-yil 8-aprelda shakllantirilgan fuqaro B.Egamberdiyev nomiga berilgan 22:01:01:01:02:0665 kadastr raqamli “Yer uchastkasining kadastr pasporti”ni ijrosini taʼminlanmasdan qaytarib olinishi so‘ralgan.

🔴Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qarorida tuman qurilish boʻlimining vazifalari koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, qaror talablariga asosan fuqaro B.Egamberdiyev nomiga berilgan 22:01:01:01:02:0665 kadastr raqamli “Yer uchastkasining kadastr pasporti”ni ijrosi taʼminlanmasdan qaytarib olinish vazifasi tuman qurilish boʻlimining vazifalari va funksiyalariga kirmasligini bildiramiz.