• Ishonch telefoni: 1298 •

Munosabat

Sen 8, 2022 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

🔴2022-yilning 5-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sifatsiz g‘isht mahsuloti haqidagi videolavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

✔️Toshkent shahar Yashnobod tumani O‘sh ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binolarining qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20- apreldagi 200-sonli qarori bandlariga zid ravishda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyani xabardor qilmagan holda amalga oshirilgan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan inspeksiya tomonidan MJtK 99-moddasi 7-qismi bilan chora ko‘rilgan.

📌Mazkur qurilish obyektida 2022-yilning avgust oyi oxirlarida “Ohangaron sof g‘ishtlari” MChJ tomonidan olib kelingan g‘isht mahsuloti sifatsiz ekanligi aniqlangan. Qurilish ishlariga yaroqsiz bo‘lganligi uchun g‘ishtdan foydalanilmagan.
✅Hozirgi kunda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “Ohangaron sof g‘ishtlari” MChJ korxonasiga nisbatan chora ko’rilayotganligini ma’lum qilamiz.

👆Yuqoridagi videoda mazkur obyektdagi holatning o’rganilgani aks etgan.