Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Xorazmda qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʼining mol-mulklari va davlatga yetkazgan zararlari fosh boʼldi” nomli videomurojaatga мunosabat
Videomurojaatda koʼtarilgan masalalar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan oʼrganildi. Natijada, Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʼi Kurbanov Begnazar Yakubovich egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʼi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sapayev Rasulbek Yusupovich esa Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining Аrxitektura, loyihalash va bosh rejalarga rioya qilish ustidan nazorat boʼlimi yetakchi mutaxassisi lavozimiga oʼtkazildi.
Videomurojaatda keltirilgan moliyaviy masalalar boʼyicha qoʼshimcha maʼlumot taqdim etiladi.