✅Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan uylar bo’yicha fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali noroziliklar vujudga kelayotganligi sababli Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
? “Qurilishi tugallangan inshootlarni foydalanishga qabul qilish” ShNK 3.01.03-04 (3.01.03-19 yangi tahrir)ga asosan 2018-yilda Davlat qabul qilish hay’ati dalolatnomasi Inspeksiya tomonidan rasmiylashtirilgan va obyekt foydalanishga topshirilgan.
▶️Inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlarida tanlash yo‘li bilan qurilish davriyligida qurilish-montaj jarayonini, loyiha hujjatlarini va uning qatnashchilarini ish yuritishini nazorat qiladi.
?Shuningdek, “Qurilish tugallangan bino va inshootlarni qabul qilish” normativ hujjatlarning 1.12. bandiga asosan Davlat qabul qilish hay’ati dalolatnomasi rasmiylashtirilgach, hududiy nazorat inspeksiyasining barcha vakolatlari to‘xtatiladi va ko‘p xonadonli imoratlarning kelgusida foydalanilishi bo’yicha nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga o‘tadi.
⚡️Ma’lumot uchun mazkur binoning qurilish ishlari uchun yer maydoni Toshkent shahar hokimining 2014-yil 21-oktabrdagi 855-sonli qaroriga asosan “BAURAUM GROUP” MChJga qurilish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ajratib berilgan. MChJ tomonidan 4 bosqichdan iborat ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi amalga oshirilgan.
➡️Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 2015-yil 18-avgustda ruxsatnoma berilgan.