✅Toshkent shahar Uchtepa tumani Ko’kcha-Oqtepa mahallasi 6-bo’limda istiqomat qiluvchi aholining “WHITE RESIDENCE” MChJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosi qurilishidan noroziligi to’g’risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat yuzasidan obyekt joyiga chiqib o’rganildi.
🔴“WHITE RESIDENCE” MChJ rahbariyati aholi bilan murosaga kelmagunicha qurilish ishlarini to’xtatib turishini maʼlum qilamiz. Bu boʻyicha qurilish kompaniyasidan kafolat xati olindi.
▶️Ko’p xonadonli turar-joy binosi qurilishi eskiz loyihasi uchun 2022-yil 27-iyunda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi olingan. Ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MChJning 2020-yil 28-dekabrdagi 43-1/22-sonli yig’ma ekspert xulosasi berilgan. Shundan so’ng 2022-yil 25-avgustda Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyekt ro’yxatdan o’tkazilgan va inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o’rnatilgan.