🏗Buxoro viloyati Sadriddin Ayniy ko‘chasidagi 23A obyekt Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan oʻrganilgan boʻlib, ushbu bino fuqaro T.Avliyoqulov tomonidan qurilmoqda.
➡️Fuqaro tomonidan inspeksiyaga qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilmasdan qurilish ishlari olib borilgan. Holat yuzasidan T.Avliyoqulovga ushbu obyektning qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatma berilib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.
🔴Hozirgi kunda ushbu obyektni buzish maqsadida Sud organlariga daʼvo arizasi kiritilishi uchun inspeksiya tomonidan shahar hokimligi hamda prokuratura organlariga hujjatlar toʻplami taqdim etilgan.