⚡️Ijtimoiy tarmoqda Andijon shahar sanoat koʻchasidagi binoning temirbeton orayopmalari sinib tushgani haqida videolavha tarqalgan edi, ushbu holat Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda quyidagilar maʼlum boʻldi:
🔴Obyekt qurilishi joriy yilning mart oyida boshlangan, binodagi temirbeton plitalarni qulab tushishiga ishchilarni temirbeton plitalar ustiga meʼyordan ortiq qurilish materiallarini yuklanganligi hamda yuklarni avtokranda tushirish jarayonida dinamik qoʻyish alomati mavjudligi, meʼyor boʻyicha temirbeton plitalarni bir metr kvadratga 800 kg yuk tushishi belgilangan joyida 1400-1500 kg atrofida yuk yuklangani sabab bo’lgan. Ushbu obyektda inspeksiyani xabardor qilmagan holda qurilish ishlari amalga oshirilgan.
✅Qoʻshimcha ravishda oʻrganishlar olib borilmoqda. Natijalari haqida yana xabar beriladi.