⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
📌“ELOBOD CITY APARTMENTS” MCHJ tomonidan fuqaro S.Oxunovga 4 sotih hovlisini sotib olish taklif qilingan. Ammo hovli egasi taklif etilgan summaga norozilik bildirgan va shu tariqa quruvchi kompaniya hamda xaridor o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. “ELOBOD CITY APARTMENTS” hududida joylashgan ishchilar uchun moʻljalangan yuvinish xonasiga ham hojatxona deb video murojaat orqali e’tiroz bildirilgan. Shu bois kompaniya yuvinish xonasini joyini o‘zgartirib, murojaatchini talabini bajargan. Kelishmovchilikni ijobiy hal qilish maqsadida hududda vaqtinchalik qurilish ishlari to‘xtatib turilibdi. Muammo inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.