• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Sen 26, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️2022-yilning 23-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sharhlar yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi joyiga chiqib o’rganganda quyidagilar ma’lum bo’ldi:

🖇Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun 650 ta statsionar va 100 ta kunduzgi statsionar o’rinlardan iborat bino-inshootlar kompleksini barpo etish obyekti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun 2022-yil 31-mayda o’rnatilgan tartibda ro’yxatga olingan. Qurilish obyektida qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi inspektori tomonidan tizimli nazorat o’rnatilgan. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 6 ta yozma ko’rsatma berilgan.

📌Inspeksiya inspektori joyiga chiqib o’rganish o’tkazganda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sharhlar yuzasidan binoning 8-qavati temir-beton ustunlariga 2022-yil 22-sentabrdan 23-sentabrga o’tar kechasi beton quyish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

✅Holat yuzasidan pudratchiga kechki payt hududda ishlamaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va inspeksiyaga pudratchi tomonidan kafolat xati taqdim etildi.