• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Sen 26, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️ Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimining qaroriga asosoan “Turkiston” MFY hududida 9 ta 5 qavatli turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.

🔎Mazkur majmualarni qurish boʻyicha oʻtkazilgan auksion savdolarida 3 ta 5 qavatli turar joy majmuasini qurish boʻyicha “Movarounnahr qurilish trans” MCHJ gʻolib boʻlib, 2021-yil 23-sentabrda qurilish ishlarini boshlash uchun Toshkent viloyati hududiy nazorat inspeksiyaga xabarnoma yuborgan.

🏢Qurilish obyektning bugungi kundagi tayyorgarlik darajasi 90%ni tashkil etadi, qurilish montaj ishlari davom ettirilib, obyektda 30 nafar ishchi qurilish ishlarini olib bormoqda.

✔️Turar joyni foydalanishga topshirish muddatining choʻzilish sabablaridan biri yer maydoni toʻliq oʻrganilmasdan shoshqaloqlik bilan ajratilganligi yaʼni sugʻoriladigan ekin maydonidan ajratilganligi qoziq qoqish ishlari jarayonida aniqlanib, yer maydoni bir necha bor oʻzgargan, shunga mos loyiha yechimlariga ham bir necha marta oʻzgartirishlar kiritilganligi bois qurilish muddatlari choʻzilib ketgan.

🖇Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan obyektda 18 marta nazorat ishlari olib borilib, qurilish sifati yuzasidan 10 ta yozma koʻrsatma berilgan.