• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

Yanvar 28, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️2022-yilning 25-yanvarida “Ishonch” gazetasida Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani “Namuna” mahallasidagi holat keskin tanqid ostiga olingan. Maqolada ushbu hududdagi turar-joy majmuasida chiqindi suvlar hovliga oqib yotganligi haqida eʼtirozlar bildirilgan. Mazkur holat Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan darhol nazoratga olindi. Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Namuna MFY hududidagi koʻp xonadonli turar-joy binosi 2017-yilda qurib foydalanishga topshirilgan. Qoʻshrabot tumanida markazlashgan oqova suv tarmogʻi mavjud boʻlmaganligi sababli ushbu uy-joylar oqova suv yigʻish handaqiga ulangan. Mazkur turar-joy binosida yashovchilar tomonidan belgilangan tartibda shartnoma tuzilmaganligi va toʻlov amalga oshirilmaganligi sababli oqova suv chiqindilarini chiqarib ketish ishlari amalga oshirilmagan.

Oʻrganish davomida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda “Toza hudud” DUK Qoʻshrabot tuman filiali bilan shartnoma tuzildi, shu tariqa belgilangan tartibda oqova suv chiqindilarini olib chiqib ketilishi tashkil qilindi.