⚡️Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Olmaliq shahar “Furqat” MFY Ipak yoʻli koʻchasi 48-sonli qoʻp qavatli uyning roʻparasidan fuqaro A.Abdurahmanov tomonidan Furqat MFYga mahalla idorasi binosi va zamonaviy mexmonxona majmuasi qurish uchun jami 0,40 ga yer maydoni ajratilgan, shundan 0,04 ga yer maydoniga mahalla idorasi qurilgan hamda mahalla idorasi inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Hozirgi kunda mahalla idorasi foydalanishga topshirilgan boʻlib, fuqaroga ajratilgan qolgan 0,36 ga yer maydoniga zamonaviy mehmonxona qurish uchun inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmagan holda noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Bundan tashqari obyektda qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmasdan, arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 212-moddasiga asosan arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanishi, bunday imorat qurgan shaxs, unga mulk huquqini ololmasligi va uni sotishi, hadya etishi hamda boshqa bitimlar tuzishga qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib, zudlik bilan tegishli shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan soʻng davom ettirishi tushuntirildi.