• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Sen 30, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-mavze 30 va 31-uylar oralig’ida joylashgan “Construction Global Company” MChJga tegishli ko’p xonadonli turar-joy binosini 2021-yil dekabrda qurilish-montaj ishlari to’liq yakunlanganligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan.

✔️Ma’lumot o’rnida ta’kidlash o’rinliki, “Construction Global Company” MChJ va fuqarolar o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan shartlarni nazorat qilish Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakolatiga kirmaydi.

📎Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan murojaat yuzasidan joriy yilning 22-sentabr kuni joyiga chiqib o’rganildi hamda lift quruvchi tomonidan vaqtinchalik to’xtatib qo’yilganligi aniqlandi. Qurilishga mas’ullar buning sababini aholi tomonidan qurilish materiallarini liftda tashilganligi bilan izohladilar. Shu bois liftning elektr mexanizmi ishdan chiqqan. Quruvchi tashkilotning mas’ul xodimi lift mexanizmi almashtirilgandan so’ng, qayta ishga tushirilishini bildirdi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlari bajarilganligi va bolalar maydonchasi mavjudligi ham aniqlandi.