💻Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Buxoro shahar Abu Ali Ibn Sino MFY Bog’ishamol ko’chasi 1/5-uyda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish hamda yuqori qavatlari ko’p xonadonli turar-joy binosining hozirgi holati Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxasislari tomonidan o’rganilgan.
🔎Inspeksiya tomonidan obyekt avvalroq tekshirilganda ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganlar fikrlar o’z tasdig’ini topgan. Bu tog’rida bino quruvchisiga inspeksiya tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, ko’rsatmalar berilgan hamda quruvchi tomonidan keltirilgan kamchiliklarni tez orada bartaraf qilinishi bo’yicha kafolat xati taqdim qilingan edi.
✅Ayni kunlarda “Dilim NUR STORY” MCHJ tomonidan mazkur turar-joy binosining lift shaxtalari yopilib, binoning atrofi to’liq obodonlashtirilib, asfalt yotqizish ishlariga tayorgarlik ko’rilmoqda hamda binoning kirish qism (podyezd)larida pardozlash ishlari olib borilayotganligini bildiramiz.