💻Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand shahri Afrosiyob ko‘chasida yashovchi fuqarolar murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
❗️Samarqand shahar hokimining 2018-yil 15-mart va 2020-yil 11-maydagi qarorlariga asosan “Servis Ulug’bek Yulduzlari” MChJga Samarqand shahar “Joyi chuqur” mahallasi Ibn Sino hamda Afrosiyob ko’chalari kesishmasidagi turar joy binolarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko’chirib, buzish hisobidan zamonaviy shaharsozlik arxitektura loyiha hujjatlari asosida 5 qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan.
✔️Muammo yuzasidan esa quruvchi kompaniya Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi hamda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilib, ushbu holat qayta takrorlanmasligi yuzasidan mas’ul xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.