• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 14, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahar Yangi chorsu koʻchasida yashovchi fuqarolar norozi boʻlganligi toʻgʻrisida tarqalgan xabarlarga asosan Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan muammo joyiga chiqib oʻrganildi.

Yangi chorsu koʻchasi 58-uyda yashovchi fuqaro A.Sobirov oʻziga tegishli binoning deraza qismidan eshik (proyom) ochish uchun binoning texnik holatini oʻrganib, xulosa berish uchun hududiy inspeksiyaga murojaat qilgan. Lekin inspeksiya tomonidan fuqaro A.Sobirovga 2022-yil 23-sentabrda xat yuborilib, MFY raisi va faollari hamda qoʻshnilarning roziligi toʻgʻrisida dalolatnoma hamda shahar qurilish boʻlimining ruxsatnomasi olingandan soʻng texnik xulosa berilishi maʼlum qilingan.