🆘Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani 13-mavze 72-uy oldi manzilidagi qurilish obyekti bo’yicha facebook ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
🔠Ushbu hududda “SOUTH LAND” MCHJ tomonidan avtoturargoh va o‘rta qavatli turar joyga ixtisoslashtirib rekonstruksiya qilish bo’yicha Qurilish bosh boshqarmasi Yunusobod tuman qurilish bo’limining obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga 2020-yil 6-noyabrda ruxsatnomasi olingan. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan “SOUTH LAND” MCHJ ga 2021-yil 17-iyulda xulosa taqdim etilgan. “NAFIS LOYIHA” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha “EKSGRADSTROY” MCHJ tomonidan ko’rib chiqilib, 2021-yil 20-oktabrda yig’ma ekspert xulosasi berilgan. Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda xabardor etish tartibi orqali 2021-yil 3-noyabrda ro’yxatdan o’tgan. Shu bilan birga Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2021-yil 29-dekabrda qurilish obyektiga xulosa olingan.
‼️Hozirda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining 2022-yil 23-sentabrdagi 168-sonli buyrug’iga asosan mazkur obyektga tegishli loyiha hujjatlari uchun ijobiy yig’ma ekspertiza xulosasini olmagunga qadar qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to’xtatish to’g’risida xat berildi va xulosani olmagunga qadar qurilish-montaj ishlarini to’xtatganligi to’g’risida kafolat xati olindi. Hozirda qurilish-montaj ishlari to’xtatilgan.