• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 19, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

💬Yunusobod tumani Kichik xalqa yoʻli koʻchasidagi qurilish obyektida atrofga chiqindilar tashlanayotgani haqidagi holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tomonidan keskin qoralangan va bu haqdagi video internet saytiga joylashtirilgan. Holatni bilgach Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari darhol voqea joyiga yetib bordilar.

❗️Maʼlum boʻlishicha, ushbu manzilda mehmonxona, biznes majmuasi va koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishi amalga oshirilmoqda. Inspeksiya xodimlari qurilishga masʼul boʻlgan shaxslar bilan tushuntirish ishlarini olib borishgan. Bu boʻyicha normativ huquqiy hujjatlarda qatʼiy javobgarlik choralari belgilanganligi eslatilib, qurilish tashkiloti ogohlantirilgan.