🛒Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Samarqandda Ibn Sino ko‘chasidagi 7,5-dom qonuniy qurilmoqdami?” mavzusidagi murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
⚠️Samarqand shahar V.Abdullayev ko‘chasida buzilgan bino va inshootlarlar uchun fuqaro X.Tohirovga Samarqand shahar hokimining 2018-yil 5-iyundagi Qarori bilan ko‘p qavatli turar-joy binosi qurish uchun ruxsat berilgan. Qurilish uchun tanlangan yer maydoni dalolatnomasi 2017-yilda bir qator ruxsat beruvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan. Hudud loyiha takliflari Samarqand shahar qurilish bo‘limi tomonidan 2020-yil 20-iyul kuni, Sanitariya epidemiologiya markazi tomonidan 2020-yil 20-iyul, viloyat IIB YHXB tomonidan 2020-yil 9-noyabr kuni, viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2020-yil 17-sentabr, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2020-yilda loyiha kelishuvlari amalga oshirilgan hamda 2018-yil 20-iyun kunida arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. Mazkur manzildagi yer maydoni uchun yer uchastkasining kadastr pasporti 2022-yil 26-mart kuni ro‘yxatga olinib, 2022-yil 2-aprel kuni ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risida reystridan ko‘chirma berilgan hamda qurilish ishlarini boshlashdan oldin inspeksiya xabardor qilingan.
🔎O’rganishlar mobaynida ushbu holat nizoli bo’lganligi sababli yuqori turuvchi sud organlari orqali ko’rilishi murojaatchiga tushuntirildi.