✉️Fargʻona viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Qoʻqon shahar A.T.Hoʻqandiy mavzesi 3, 12, 15 hamda 16-sonli koʻp qavatli uylar oldida olib borilayotgan qurilish ishlari boʻyicha ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
➡️A.T.Hoʻqandiy mavzesidagi 15 hamda 16-sonli koʻp qavatli uy-joylar oldidagi obyektda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining 2020-yil 31-oktabrdagi qarori bilan 2 qavatli savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi qurilishi uchun fuqaro M.Ahmedovaga 120,0 kv.m yer maydoni ajratib berilgan.
❗️Mazkur qarorga asosan fuqaro tomonidan obyekt qurilishi uchun shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTI” 5-bandi talablariga zid ravishda, yaʼni qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida inspeksiyaga xabarnoma yubormasdan qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
✔️Ushbu holat boʻyicha fuqaro M.Ahmedovaga inspeksiyaga xabarnoma yuborib, roʻyxatdan oʻtgunga qadar qurilish montaj ishlarini vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha koʻrsatma berildi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 99-moddasi 7-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirda obyektda qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan.