• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 20, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

◀️kun.uz saytida tanqid qilingan maktabgacha taʼlim muassasasida ikki yil mobaynida qurilish-montaj ishlari olib borilgan boʻlib, 2021-yil sentabr oyida foydalanishga topshirilgan.

💬Hozirgi kunda binoning bolalar dam olish xonalari, hojatxona, hamshira xonasi va idish yuvish xonasi devorlarida yorilish va choʻkishlar paydo boʻlgan. Ushbu xonalarning kafeli, yogʻoch pollarida ham choʻkishlar hamda chirishlar yuzaga kelgan. Bundan tashqari bino tashqi devorlarining ichki va tashqi tomonlarida yoriqlar mavjud.

✍️Oraliq devorlarining poydevorlari va pollari ostidagi tuproqni qatlamma-qatlam zichlab, qayta koʻmish ishlari sifatsiz bajarilgan. Binoning ichki qismidagi ichimlik va oqova suv quvurlarining yorilishi oqibatida quvurlardan sizib chiqqan suv oraliq devorlarning poydevorlari ostiga kirishi natijasida guruntning va poydevorning choʻkishiga olib kelgan. Shu sababli ichki oraliq devorlarda yorilish va choʻkishlar vujudga kelgan. Ushbu xonalardagi bajarilgan ichki oraliq devor poydevorlari ishchi loyihasida poydevor chuqurligi 600 mm berilgan boʻlib, amalda 150-300 mm oʻlchamlarda bajarilgan.

🟥Yogʻoch pol ishlari ishchi loyiha asosida bajarilmagan. Pollar chirishga qarshi kimyoviy antiseptik ishlov berilmagan. Bu esa yogʻoch pollarning chirishiga sabab boʻlgan.

🟢Ushbu obyektning qurilish davri mobaynida Toshkent viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan tegishli koʻrsatmalar berilgan va sifatsiz bajarilgan ishlari uchun jami 61,45mln. soʻm mablagʻni umumiy ish hajmidan chiqarib tashlash boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan va buyurtmachiga yuborilgan.

‼️Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu obyektdan kelajakda foydalanish maqsadida obyektlarda qoʻllanilgan konstruktiv yechimlarninig KMK 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” talablari va meʼyorlariga mos kelishi, ulardagi yuk koʻtaruvchi konstruktiv elementlarning va binolarning butunlay texnik holatlarini shu sohada maxsus litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlar orqali instrumental texnik koʻrikdan oʻtkazilishi tavsiya etiladi. Bino instrumental texnik koʻrikdan oʻtkazilgunga qadar demontaj va qayta tiklash ishlari vaqtincha bajarilmasligi lozim.