🟢 Yangiyoʻl tumani “Axil” MFY hududidagi 1ta 20 xonadonli uy-joy qurilishi obyekti Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
🟠 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-6274-son qarori
🔴 Buyurtmachi: “QISHLOQ QURILISH INVEST” MCHJ
🔵Loyiha tashkiloti: “QISHLOQQURILISHLOYIHA” MCHJ
🟢Pudrat tashkiloti: “Ideal shans servise” MCHJ
↪️ Obyektning quvvati: 5 qavatli, 1 yoʻlakli, 20 xonadonlik uy-joy, shartnoma shartiga koʻra foydalanishga topshirish muddati 2022-yil 1-iyun. 90 % qurilish-montaj ishlari bajarilgan.
❗️Bugungi kundagi qurilish-montaj ishlari holati: yer ishlari va obodonlashtrish 90%, fasad ishlari 95%, ichki pardozlash ishlari 85% bajarilgan, eshik rom oʻrnatish ishlari 85%, elektro montaj ishlari 88% bajarilgan. Ayni kunlarda obyektda kafel terish ishlari bajarilmoqda.
⚠️ Qurilish sohasidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan obyektda nazorat ishlari yo‘lga qo‘yilgan boʻlib, 6 ta bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan va 6 tasining ijrosi taʼminlangan. Pudratchi tashkilot rahbariga nisbatan obyektda loyiha talabi buzilganligi uchun MjKning 99-modda 1-bandi boʻyicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Holat yana o‘rganilmoqda, muammo nazoratga olingan.