📍Toshkent viloyati Chirchiq shahar “Iftixor” MFY hududida ()qurilayotgan (№17/28) 7 qavatli 42 xonadonli uy-joy qurilishi Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyida o‘rganib chiqildi.
🗣 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32 sonli farmoni
🗣 Loyiha tashkiloti: “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ
🗣 Pudrat tashkiloti: “Global Invest Build”MCHJ
🗣 Obyektning quvvati: 7 qavatli 42 xonadonli uy-joy
🔔Obyektni shartnoma shartiga koʻra foydalanishga topshirish muddati 2022-yil 1-sentabr. Hozirda qurilish-montaj ishlari 80% bajarilgan. Qurilish obyektida 17/28-sonli turar uy-joyning tom qismida metall konstruksiyalarni boʻyoq qilish ishlari yakunlangan, profnastil qoplamalari qoplangan. Binoning ichki qismida pardozlash ishlari toʻliq yakunlanmagan, isitish batareyalari, ichki xonalarning eshiklari oʻrnatilmagan, zinapoya hamda balkon qismidagi metall panjaralar oʻrnatilmagan. Bugungi kunda ushbu obyektda lift oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
🛡 Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan buyurtmachining texnik nazoratchisiga 5 ta va bir qancha vakolatli mas’ul shaxslarga majburiy ko‘rsatmalar berilgan va MjKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.