• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 25, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🟡Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat boʻyicha  qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari joyiga chiqib oʻrganish ishlarini olib bordilar.

❕Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Glinka va Tarobiy koʻchalarida joylashgan “ROYAL TOWERS” MCHJga tegishli qurilish obyektiga Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2020-yil 24-martda 31-698/A-sonli xulosasi berilgan. Shuningdek, 144/11-09-sonli yigʻma ekspert xulosasi ham taqdim etilgan.

🕹 Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor etgan holda qurilish-montaj ishlari boshlangan va inspeksiya tomonidan tizimli nazorat oʻrnatilgan va 11 ta yozma koʻrsatma berilgan.

💬Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiya tomonidan oraliq masofasidagi holat boʻyicha Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasiga 2022-yilda 1-iyulda taqdimnoma yuborilgan.

📝Hozirgi kunda holat yuzasidan aniqlik kiritilgunga qadar qurilish-montaj ishlari vaqtincha toʻxtatilgan.