• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 27, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

💻Ijtimoiy tarmoqlarda “Uyni qurilish inspeksiyasi qanday qilib qabul qilgan” sarlavhali material e’lon qilindi. Murojaat joyiga chiqqan holda Samarqand viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o’rganildi.

🔎O’rganish yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

❗️Urgut tumani “MERGANCHAmassivida “ABDULLAEV MUXAMMADAMIN” MCHJ tomonidan qurilgan 5 qavatli 1 yo’lakli turar joy binosining 1-qavat 3-xonadonida aniqlangan kamchiliklar quruvchi tashkilot tomonidan bartaraf qilindi.

✅Bino gaz tarmog’iga ulanmaganligi sababli isitish tizimi ishlamaganligi ham ma’lum bo’ldi. Murojaat inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.