• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSIBLARNI SARALASHDA SHAFFOFLIK!

Noyabr 9, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📝 Aynan ana shu tamoyil asosida bugun Qurilish vazirligida Loyiha qidiruv faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlar test sinovidan o’tkazildi.

☑️ Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar sohadagi shaffoflikni oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olgan holda, tanish-bilishchilikka yo’l qo’ymaslik, kadrlar tanlovida ochiqlik va adolat prinsiplariga tayanish hamda sog’lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

❕ Test sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bilan soha mutaxassislari suhbat o’tkazadi va shu tariqa kasbga oid sifatlari, potensiali odilona va obyektiv baholangan istiqbolli kadrlar aniqlanadi.