❗️Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaatda Namangan shahrining Navoiy koʻchasida qurilgan ko‘p qavatli uylarning holati, ularning atrofidagi hududda obodonchilik ishlari olib borilmagani aytilgan.
✔️Namangan viloyati Qurilish bosh boshqarmasidan maʼlum qilishlaricha, tilga olingan koʻp qavatli uylar Namangan shahar hokimining 2017-yil 7-avgustdagi Namangan viloyati yo‘l-infratuzilmasini yanada takomillashtirish, shuningdek, magistral koʻchalar bo‘yida zamonaviy obyektlar qurish, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish asosida shaharning markaziy qiyofasini arxitektura talablari asosida tubdan yangilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi 359-son Farmoyishi va shu haqdagi Namangan viloyat hokimining 2017-yil 7-apreldagi 124-F son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan shahar, Navoiy va To‘raqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasidan Temir yo‘l vokzali aylanmasi oralig‘ini shahar bosh rejasiga asosan obodonlashtirish va qayta qurish ishlarini amalga oshirish haqidagi 1015-son qaroriga asosan hududda keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
▶️Shuningdek, hududda qurulish-pudrat tashkilotlari tomonidan Namangan shahar hokimining 2018-yil 18-yanvardagi 53-son qaroriga asosan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarini o‘z ichiga olgan ko‘p qavatli turar-joy qurilmoqda.
🔴 Murojaatda keltirilgan kamchiliklar viloyat qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan.