Fuqarolarning dardini tinglash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bugungi kunning talabi. Qurilish vazirligining eshigi ham yurtdoshlarimiz uchun hamisha ochiq.
Joriy yilning 7 aprel kuni Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov bir necha nafar yurtdoshlarimiz bilan muloqot qildi.
Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi va o‘z takliflarini ham bildirishdi. Murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, qo‘shimcha o‘rganish va hal qilish maqsadida nazoratga olindi.