• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Murojaat va yechim

Noyabr 2, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

‼️Qurilish vazirligiga 2022-yil yanvar-oktabr oylari davomida kelib tushgan jami murojaatlar soni 13 165 tani tashkil etmoqda.

Murojaatlarda qayd etilayotgan asosiy muammolar esa quyidagicha:

↪️Nizoli yer masalalari, oʻzboshimchalik bilan yer maydonini egallab olinishi;

➡️Noqonuniy qurilmalar, qurilishdan norozilik, binolar orasidagi masofalar SHNQ talablariga javob bermasligi;

➡️Belgilangan muddatda qurilish tugallanmaganligi, shartnoma shartlari vaqtida bajarilmaganligi kabilardir.

✅Misol uchun:

?Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Katta xirmontepa 25-mavze 6-uy 2-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Muhammadovning zamonaviy mahalla va savdo maishiy savdo kompleksining loyiha hujjatlarini Arxitektura boshqarmasi bilan kelishish boʻyicha Prezident virtual qabulxonasiga qilgan murojaati ijobiy hal etildi.

? Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Nasaf koʻchasi 244a-uyda yashovchi fuqaro I.Mavlonovning obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi murojaati ijobiy hal etildi. Unga Qarshi shahar qurilish boʻlimining ruxsatnomasi berildi.