Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ish samaradorligini taʼminlash, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Vazirlik xodimlari va rahbariyatining ularning faoliyatida faol ishtirok etishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonalaridan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlar oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
— jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
— yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatini tahlil qiladi;
— Hududiy tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilgan murojaatlarning sifatini va ulani oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi.