• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUROJAATLAR YECHIMI RAQAMLARDA

Iyun 9, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

📥 O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining Markaziy apparatiga 2022-yilning 5 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 3768 tani tashkil qildi. Shundan elektron murojaatlar soni 17 taga yetdi.

📊 Murojaatlarning 3448 tasi hal etilgan, 1523 tasi qanoatlantirilgan va 1822 tasiga tushuntirish berilgan. 10 ta murojaat tugatilgan va 62 tasi tegishliligi bo’yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. Bugungi kunda 320 ta murojaat ish jarayonida.

📨 Virtual xalq qabulxonalari orqali 3072 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, hal qilinganlar soni 2789 tani tashkil etadi.

Vazir va vazir o‘rinbosarlari tomonidan 51 marta fuqarolar va yuridik shaxslar qabul qilingan.