⚡️Toki yer yuzida bitta boʻlsa ham ayol mavjud ekan, u haqida hamisha nimadir yangi gap aytish mumkin. Haqiqatdan ham ayolning donoligi, bu – bebaho xazina. Ushbu xazina oqilalik va goʻzallik bilan siylangan boʻlsa, katta qudratdir. Bugun Qurilish vazirligida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda ana shu purmaʼno soʻzlar qanchalik hayotiy haqiqat ekanligi yana bir karra namoyon boʻldi.
✅Marosimda Qurilish vaziri Botir Zokirov ishtirok etdi va jamoada faol mehnat qilayotgan ayollarni 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi. “Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, xususan, moʻtabar ayol zotiga har tomonlama eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni hamda nufuzini oshirish borasida muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlar bugun hayotimizning har bir jabhasiga kirib bormoqda” , – deyildi uchrashuvda.
▶️Shuningdek, bunyodkorlik sohasiga katta hissa qoʻshib kelayotgan ayollarga bayram sovgʻalari ulashildi.