Namangan tumani qurilish bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Namangan tumani qurilish bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Avg 27, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Shu vaqtgacha Namangan tumani qurilish bo‘limining o‘ziga tegishli ma’muriy bino yo‘q edi. Mustaqilligimizning 30 yilligiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda Namangan tumani qurilish bo‘limi uchun yangi bino qurib bitkazildi. Bugun, 27-avgust kuni ushbu obyektni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir qatnashchilari yurtimizda qurilish sohasiga katta e’tibor qaratilayotganini, buning natijasida soha rivojlanayotganini ta’kidladilar.

Tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Xolmatovga Qurilish vazirining faxriy yorlig‘i ham topshirildi.