• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Namanganda joriy yilda 28 ta mahallada qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Namanganda joriy yilda 28 ta mahallada qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi
Fev 9, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy boshqarmalari mas’ullari hududlarda bo‘lib, mahallalardagi mavjud muammolarni o‘rganishmoqda. Xususan, Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasi mutasaddilari “Obod mahalla” dasturi doirasida joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishyapti. Masalan, viloyatning Norin tumanidagi “Katta oqtovliq” hamda Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘g‘ay o‘lmas” MFYda ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini ta’mirlash, mahalla markazida maishiy servis xizmatlarini tashkil etish, bog‘cha, maktab, qishloq oilaviy poliklinikalarni rekonstruksiya qilish kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha bosh rejalar ishlab chiqilib, uni takomiliga yetkazish jarayonlari davom etmoqda. Bunda avvalo aholining talab va ehtiyojlariga e’tibor qaratilyapti.