• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Namunali uylarning yillik issiqlik va elektr energiyasi iste'moli qanday?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namunali uylarning yillik issiqlik va elektr energiyasi iste’moli qanday?
Okt 31, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🌍BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda Global ekologik fond (GEF) granti ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarning energiya auditini o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, buning uchun 2020-2021 yillarda Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 60 dona yakka tartibdagi turar-joy binolari tanlab olindi.

Bu nimaga xizmat qiladi?

◀️O‘tkazilgan energiya auditi:
– uylarning issiqlik va elektr energiyasining yillik iste’molini aniqlash;
– ularning energiya balansi va energetik pasportini tayyorlash;
– energiya samarador uylarda yashovchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lov xarajatlarini energiya samarador bo‘lmagan bir xil iqlimiy zonalarda qurilgan uylarga nisbatan qiyoslab aniqlash imkonini berdi.

🏓Loyiha tahliliy-informatsion mahsulot sifatida energiya auditi natijalari boʻyicha yigʻma hisobot tayyorladi. Ushbu hisobot energetika sohasidagi mutaxassislar va binolarning energiya samaradorligi mavzusiga qiziquvchilar uchun foydali material bo‘lib xizmat qiladi.

➡️O‘rganishlar natijalarining to‘liq shakli bilan mana bu yerda tanishing.