• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“Народное слово” gazetasida 2021-yil 14-aprelda chop etilgan “Делано наспех-сделано на смех” sarlavhali maqolaga munosabat

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Народное слово” gazetasida 2021-yil 14-aprelda chop etilgan “Делано наспех-сделано на смех” sarlavhali maqolaga munosabat
Apr 28, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Maqolada keltirilgan holatlarni joyiga borib o‘rganish va ularni bartaraf qilish maqsadida ishchi guruhi tuzildi hamda o‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uy-joylar buyurtmachi “O‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan bosh pudratchi sifatida “Pro montaj stroy” MCHJ tanlanganligi, uylar esa 2018-2019-yillarda foydalanishga topshirilganligi aniqlandi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismidagi suv oqava quvurini poydevordan quduqqa (kolodetsga) o‘tadigan qismi gidroizolyatsiya qilinmaganligi oqibatida yomg‘ir suvlari uyning yerto‘la qismiga sizib kirganligi, aloqa kabellari tartibsiz o‘rnatilganligi, tashqi yoritish tizimlari nosozligi tasdiqlandi.

Bu salbiy holatlar asosan quruvchilar tomonidan qurilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va uylarni foydalanishga topshirilgandan so‘ng shirkatlar tuzilgan bo‘lsada, fuqarolar shirkatga a’zo bo‘lmaganliklari oqibatida uylarni lozim darajada saqlash ishlari amalga oshirilmaganligi tufayli yuzaga kelgan.

Ishchi guruhi tomonidan 25, 20, 28 va 31-sonli ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan bildirilgan shikoyatlardagi masalalar to‘liq bartaraf qilindi.

Shuningdek, maqolada keltirilgan Buxoro shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan 20, 25, 28, 29, 31-uylarda Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda nazorat ishlari olib borilgan va qurilish-montaj jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan yozma ko‘rsatma berilgan hamda sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlarini ish hajmidan chegirish choralari ko‘rilgan.

Buxoro shahrining “I.Karimov” ko‘chasida “WHITE GROUP TRADING” MCHJ tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmasdan ikkita 12 xonadonli uy hamda hududdagi savdo do‘konlari egalari bilan tuzilgan kelishuv bitimlari asosida 1220 kv.metrda joylashgan yer uchastkasida 1 va 2-qavatlari savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, yuqori qavatlarida ko‘p xonadonli turar-joy binosi qurilishi boshlangan. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirilmasdan qurilish ishlari olib borayotganligi uchun Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “WHITE GROUP TRADING” MCHJ rahbariga ogohlantirish berilgan va viloyat, shahar hokimliklari hamda sud, prokuratura organlariga bir necha bor qonun doirasida chora ko‘rish, noqonuniy qurilayotgan qurilmani bartaraf etish yuzasidan murojaat qilingan.

Mazkur murojjatlar asosida sud tomonidan 2020-yil 23-oktabrda noqonuniy qurilmani bartaraf qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qabul qilingan.

Shuningdek, Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasida “Loyihasuvqurilish” MCHJ qurayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosi o‘rganilganda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Inspeksiyasi tomonidan 2021-yil 22-fevral kuni qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan hamda hujjatlar sudga taqdim qilingan.