🏗Navoiyda “Thompson” davlat xususiy sherikligi asosidagi umumtaʼlim maktabi qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Navoiy shahar qurilish bo‘limi mutaxasislari va shahar hokimligi mutasaddilari maskanda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, o‘zlarining takliflarini berdi. “Thompson” MCHJ rahbari, tadbirkor Sh.Bahodirov bilan uchrashib,olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Xususan, kadastr bo‘limi, soliq inspeksiyasi, obodonlashtirish boshqarmasi, mahalla raisi va shirkat rahbarlari tomonidan maktab atrofida workout va bolalar maydonchasi tashkil etish, ko‘klamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.
▶️Maʼlumot uchun, ushbu taʼlim muassasasining loyiha qiymati 6 mlrd so‘mni tashkil etib, 600 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda ingliz tili va IT sohasi chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.