Navoiy shahrining ko‘chalarida zamonaviy quyosh batareyali ko‘cha yoritgichlari o‘rnatilmoqda.
☀️ Ko‘cha yoritgichi – bu tungi yo‘l yoritilishini ta’minlash uchun quyosh energiyasini elektr energiyasi sifatida ishlatadigan chiroq turi. Zamonaviy dizaynga ega chiroqlarning shamolga chidamliligi yuqori va uning ichida aqlli MPPT boshqaruv texnologiyasi mavjud. Chiroqlar yuqori yorqinligi, oson o‘rnatilishi, barqaror va ishonchli ishlashi, kabellari yo‘qligi, an’anaviy energiya sarfi bilan qo‘shimcha afzalliklarga ega.
Bunday turdagi chiroqlarni kelgusida bosqichma-bosqich shahar ko‘chalari, turar joy maydonlari, xiyobonlar, piyodalar yo‘laklari va boshqa aholi gavjum joylarga o‘rnatish rejalashtirilgan.