• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Navoiy tumanida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi" oʻtkazildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Navoiy tumanida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi
Dekabr 6, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Qurilish vazirligi tarkibidagi Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi bitiruvchilari hamda qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash markazi bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida Qiziltepa tuman prokuraturasi, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi. Ushbu yarmarkada tumandagi 68 ta byudjet tashkiloti, 16 ta xususiy korxona qatnashdi.

Oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida texnikum hamda markazning 29 nafar bitiruvchisiga tumandagi tashkilot va korxonalarga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi.