✅ Tizim «Yangi O‘zbekiston» massivlarida qurilayotgan 620 ta ko‘p qavatli uy-joylarda joriy etiladi.
? Kitob tumani «Yangiobod» massividagi jami 96 ta xonadonga ega 4 ta ko‘p qavatli uyda quyosh panellarini o‘rnatish hisobiga yiliga 100 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilinmoqda.
?Bu tajribani Navoiyda barpo etiladigan 2 ta «Yangi O‘zbekiston» massivida jami 620 ta xonadonli 26 ta ko‘p qavatli uylar, 8 ta bog‘cha, maktab va poliklinikada joriy qilish rejalashtirilgan.
? Ularda quyosh suv isitish tizimlari hisobiga 4 million kilovatt soat elektr iqtisod qilish mumkin. Bu yiliga 2 milliard so‘m degani.
? «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida ko‘chalarni yoritish uchun faqat muqobil energiya uskunalari o‘rnatish rejalashtirilgan.
? Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetida 100 kVt quvvatli quyosh elektr uskunasi o‘rnatilib, yiliga 200 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. 36 ta suv isitish qurilmasini o‘rnatish hisobiga yiliga 4,2 million kVt soat yoki qariyb 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi tejalmoqda.
? Oliy ta’lim vazirligiga ushbu tajribani 2022-yilning o‘zida barcha oliygohlarda joriy qilish topshirilgan.