✅ Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi hamda viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Madaniyat” MFYda joylashgan 79 ta ko‘p qavatli uylardagi 948 ta xonadonlarga xizmat ko‘rsatuvchi “Kumush bibi shirkati” MCHJ faoliyati hamda uylarning texnik holatini xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlandi.
Jumladan, M.Yusupov va “Saylgoh” ko‘chalarida joylashgan 30 ta 2 qavatli uylar ko‘zdan kechirilganda aholi tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgan 16 ta noqonuniy qurilmalar hamda uyning konstruksiyasiga zarar yetkazish holatlari aniqlanib, shulardan 8 nafar xonadon egalariga qurilmani dastlabki holatiga qaytarilishi bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi.
🔵Shuningdek, noqonuniy qurilmalarga chek qo‘yish maqsadida mulkdorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.