🔔 Namangan viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi ishchi guruhi tomonidan Namangan shahar Z.M.Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududida “Kosonsoy bunyod” MCHJ tomonidan qurilayotgan viloyat qoʻgʻirchoq teatri binosini qurilishi boʻyicha monitoring oʻtkazildi.
🗄 Oʻrganish jarayonida texnik nazorat ishlari talab darajasida olib borilmaganligi uchun ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
➡️Jumladan, bino 2-qavatidagi tomoshabinlar zali osma shiftlari karkasini oʻrnatishda metall profillarga yogʻochli reykalar qoʻshib oʻrnatilgan. Fasad qismidagi 2 dona ustun yuzalarida notekisliklarga yoʻl qo‘yilgan.
🔎 Devorning sokol qismini granitli plitalar bilan qoplash notekis bajarilgan, ichki qismida qurilish chiqindilari toʻliq olinmagan, tom qoplamalar ostidagi isitgich qatlamlarida hamda yongʻinga qarshi tizimlarni oʻrnatishda kamchiliklar mavjud.
✅ Monitoring natijasida texnik va mualliflik hamda ichki nazoratchilarga kamchiliklarni toʻliq bartaraf etish, kelgusida bunday kamchilikka yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.