NOQONUNIY QURILISH TO‘XTATILGAN. OBYЕKT RO‘YXATDAN O‘TMAGAN

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > NOQONUNIY QURILISH TO‘XTATILGAN. OBYЕKT RO‘YXATDAN O‘TMAGAN
Fev 2, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Abdullayeva ko‘chasi 59-uy manzilidagi “Ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi” obyektining sifatsiz qurilishi haqida post tarqalgan edi. Ushbu masala Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

 

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2020 yil 7 avgustdagi 20112100/1-sonli ruxsatnomasiga muvofiq F.X.Ergashevga Yakkasaroy tumani, Imom At-Termiziy ko‘chasi, 29-31-uy manzilida joylashgan mavjud yuridik xujjatga ega “Ofis” binosini “Yerto‘la qavatlarida avtoturargoh, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘lgan turar joy binosi” ga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish uchun ruxsat berilgan. Shuningdek, bugungi kunda F.X.Ergashev va “CREATIVE ARCH DESIGN GROUP” o‘rtasida loyiha smeta ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma qilinib, loyihalash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.

 

Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli va 2020 yil 28 maydagi 343-sonli qarorlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan holda Toshkent shahar QS’HN inspeksiyasini qurilish-montaj ishlarini boshlashda xabardor qilmasdan noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlarini boshlaganligi, qurilish obyektida mualliflik va texnik nazorati umuman olib borilmaganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, inspeksiya inspektori tomonidan 2020 yil 11 dekabrda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib, belgilangan tartibda instrumental texnik ko‘rik o‘tkazish hamda tekshiruv xulosasini olib, belgilangan tartibda Toshkent shahar QS’HN inspeksiyasini xabardor qilib, ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risidagi berilgan 2565-sonli yozma ko‘rsatmada qayd etilgan majburiyatlarni bajarmaganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 99-moddasi 7-qismida ko‘rsatilgan qonunbuzarliklarni sodir etgan.

 

Yuqoridagilarga asoslangan holda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Abdullayeva ko‘chasi 59-uy manzilida yashovchi “Ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi” obyektida qurilish ishlariga ma’sul shaxs Ergashev Fahriddin Ilhomjon o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 99-modda 7-qismini qo‘llab, ko‘rib chiqishi yuzasidan 14 dekabr 2020 yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ma’muriy sudiga to‘plangan hujjatlar yuborilgan. Bunga qo‘shimcha tarzda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilgan.

Qurilish vazirligi

Matbuot xizmati