• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

NOQONUNIY QURILMALAR BUZILADI. SAMARQANDDAGI UYNING 8-9 QAVATLARI OLIB TASHLANADI

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > NOQONUNIY QURILMALAR BUZILADI. SAMARQANDDAGI UYNING 8-9 QAVATLARI OLIB TASHLANADI
Yanvar 26, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Firdavsiy ko‘chasi 84-manzilda qurilgan yangi ko‘p qavatli uyda qurilish-ta’mirlash ishlarida kamchiliklar borligi, aholisi binoga ko‘chib o‘tganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, allaqachon buzila boshlaganligi, aksariyat fuqarolar qurilgan uyni o‘zlari qaytadan ta’mirdan chiqarganliklari to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Samarqand shahar Firdavsiy ko‘chasi 84-manzilda joylashgan ko‘p qavatli bino “Pastdarg‘om qurilish mollari” MCHJ tomonidan qurilgan. Bino 104 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylarini sotib olib, o‘rniga pishiq g‘ishtdan 9 qavatli uy-joy qurilgan. Binoda 534 ta xonadon mavjud bo‘lib, 392 tasi sotilgan.

Samarqand shahar hokimining 2017 yil 23 martdagi 399-Q-sonli qaroriga asosan ko‘p qavatli bino qurilish ishlari olib borilgan. “ToshboshplanLITI” tomonidan 2017 yilning 5 dekabr kuni OGP-4476-sonli ko‘p qavatli turar joy binosi uchun xulosa berilgan. 2017 yilning 6 martdagi 51/38-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. 2017 yilning 22 avgustdagi 4-sonli Arxitektura shaharsozlik kengashining bayonida ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishi ma’qullangan. 2017 yilning 24 avgustda davlat ekspertizaning 1019-2017-sonli ko‘p qavatli turar joy binosini qurish bo‘yicha tegishli xulosasi olingan. Qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun Qurilish nazorat inspeksiyasidan 2017 yilning 4 sentabrda 794/17-sonli ruxsatnoma olingan.

Qurilish-montaj ishlari Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2017 yilning 4 sentabrdan 794/17-son bilan ro‘yxatga olingan va nazorat ishlari olib borilgan. Obyekt qurilishi Respublika Ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan hamda obyekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli turar-joy binosining 7-qavatdan yuqori qismi 8-9 qavatlari buzilishi belgilangan.

Bugungi kunda “Pastdarg‘om Qurilish Mollari” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanmaganligi, Respublika ishchi guruhi tomonidan qo‘yilgan talab bajarilmaganligi sababli mazkur obyektga inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan 2019 yil 1 martda 03-03/355-sonli chora-tadbir ishlab chiqilgan. Ko‘p xonadonli turar-joy binosida gaz bosimining pastligi, elektr energiyasi va suv tizimlaridagi uzilishlarni bartaraf etish Samarqand viloyati Qurilish Bosh boshqarmasi hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakolatlariga kirmaydi.

Obyekt qurilishi Respublika Ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan hamda obyekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli turar-joy binosining 7-qavatdan yuqori qismi 8-9 qavatlari buzilishi belgilangan.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan 2019 yilning 13 martdagi shahar iqtisodiy sudga binoning 7 qavatdan yuqorisini ya’ni, 8-9-qavatlarni buzish to‘g‘risida da’vo ariza kiritilgan. Sudning 2019 yil 8 maydagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan. Madaniyat vazirligi hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda bino balandligi hamda shaharsozlik normasi bo‘yicha xulosa berilgan. Binoni buzish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda mulk egasi tomonidan buzilish belgilangan.

Bugungi kunda mazkur obyekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli qurilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ya’ni Madaniy me’ros boshqarmasi talablariga muvofiq obyektning balandlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Qurilish vazirligi

Matbuot xizmati