Poytaxt aholisining og’irini yengil qilish, kommunal va obodonlashtirish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan hal etishda Toshkent shahar Qurilish uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi tarkibidan iborat tezkor shtab ham kun-u tun mehnat qilmoqda.
🫥 Sohada yuzaga kelgan muammolar uchun, xususan, elektr ta’minotidagi uzilishlar, xonadonlarning issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi bilan bog’liq kamchiliklarni bartaraf etish hamda uy oldilarini qor va muz qoplamalaridan tozalash bo’yicha mutaxassis va zaruriy texnikalar jalb etildi.