⚡️Yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami doimo har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib kelmoqda. Ayniqsa, soʻngi paytlarda kam ta’minlangan oilalarga yordam berish, ularni uy-joylar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
▶️Nukus tumani “Aqmangʻit” SHFY hududidan “XKMK-317” MCHJ, “Max elit stroy” MCHJ tomonidan 2 dona 5 qavatdan iborat 40 xonadaonga moʻljallangan turar joy qurib, foydalanishga topshirildi.
✅Natijada tumandagi 40 nafar kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj oilalar yengillashtirilgan kreditlar hisobidan arzon uy egalariga aylanishdi.
🏗Qurib bitkazilgan imoratda barcha qulayliklar yaratilgan. Obyekt atrofida bolalar maydonchasi, dam olish joylari ham mavjud. Shuningdek, yana bir qator zarur ijtimoiy obyektlarning qurilishi rejalashtirilgan.