Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahri Tatibayev ko‘chasi bo‘yida joylashgan yangidan qad ko‘tarayotgan ko‘p qavatli turar joy binosining 3-4-qavatlari qulab tushganligi haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Qoraqalpog‘iston respublikasi Qurilish vazirligi va Qoraqalpog‘iston respublikasi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib bordi.
Ko‘p qavatli binoning loyiha hujjatlari “Arx energo proyekt” MCHJ tomonidan ishlab chiqilib, “Nukus Shaxzoda Afruz” MCHJ tomonidan qurilayotgan bo‘lgan. Aniqlanishicha, o‘sha holatda Tatibayev ko‘chasi bo‘yida joylashgan 5 qavatli turar joy binosining qurilish davrida Qoraqalpog‘iston respublikasi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida imoratda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilib, turar joy binosining devorlarini qayta tiklash uchun buzilayotgan bo‘lgan.