🏗“O‘LMAS” MAHALLASIDA YANGI MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
▶️Namangan tumanining “O‘lmas” mahallasida koʻp yillardan beri mazkur o‘quv dargohiga ehtiyoj bor edi. Bugun ana shu orzu ushaldi. Butunlay qayta qurilgan 5-umumtaʼlim maktabi foydalanishga topshirildi.
🔴O‘zida barcha sharoitlarni mujassam etgan, 330 o‘ringa mo‘ljallangan taʼlim maskani “Ravnaq qurilish taʼmir servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 10 milliard 462 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi.
✅Yangi maktabda o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. 135 o‘rinli faollar zali, 60 o‘rinli oshxona, 14 ta sinfxonasi, 2 ta informatika, 2 ta ingliz tili, 2 ta rus tili, maʼnaviyat, fizika, kimyo, biologiya, elektron kutubxona, logoped xonasi, o‘quv zali, tibbiyot, tashqi sport maydoni, harbiy taʼlim xonalarining bugungi zamon talablari darajasida jihozlangani ham shundan dalolat beradi.