• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

O‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari qayta ko‘rib chiqiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar > O‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari qayta ko‘rib chiqiladi
Okt 11, 2022 Posted by: tested Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Yangiliklar

Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (577-son, 06.10.2022 y.)

🔰 Qarorga ko‘ra, qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirishning asosiy maqsadlaridan biri etib eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish belgilandi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi;
  • qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi;
  • qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi;
  • shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi;
  • qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
  • shaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning tegishli qismlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.